«Zakovat»ga savol yöllang va 100 mln söm qölga kiriting!
Manba:Zakovat intellektual klubi
⚡️”Zakovat”ga savol yöllang va 100 mln söm qölga kiriting!
Hurmatli teletomoşabinlar!
Endi “Zakovat” intellektual körsatuviga savol yöllab, katta pul mukofotlari yutib olişingiz mumkin.
2022-yilgi mavsumda savol yöllagan hamda bilimdonlar ustidan ğalaba qozongan teletomoşabinlar quyidagiça rağbatlantiriladi:
Barça öyinlarda (yil finalidan taşqari):
1-oçko uçun — 1 mln söm;
2-oçko uçun — 2 mln söm;
3-oçko uçun — 3 mln söm;
4-oçko uçun — 4 mln söm;
5-oçko uçun — 5 mln söm;
6-oçko uçun — 6 mln söm.
Oddiy öyinlardagi eng yaxşi savol muallifi uçun — 5 mln söm.
Mavsum finallaridagi eng yaxşi savol muallifi uçun — 25 mln söm.
‼️ Agar savolingiz yil finalida eng yaxşi savol deb topilsa, unda 100 mln söm pul mukofoti beriladi.
Savol yöllaganda quyidagi maʼlumotlar bölişi kerak:
1. Savol matni;
2. Javob matni (köpçilik negadir javobini körsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq körsatilişi şart);
4. Agar bölsa, savolga zarur bölgan qöşimça atributlar (foto, video yoki boşqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqaça maʼlumot;
6. Muallifning yaşaş manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.
ℹ️ Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborişingiz mumkin:
📩 Toşkent şahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka köçasi, 21-uy manziliga xat yuboriş orqali;
📲 savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.
Savollaringizni kutamiz! Unutmang, Sizlarning savollaringiz “Zakovat”ning eng asosiy ustunidir!
➖ @zakovat ➖
- 👍 3364

