1-iyundan avtomobillarga ekologik stikerlar beriş va hududlarni zonalarga ajratiş boşlanadi
VMQ-166. 29.03.2024-yil.pdf
PDF · 406 KB
❗️Amaliy harakatlar boşlandi: 1-iyundan avtomobillarga ekologik stikerlar beriş va hududlarni “yaşil”, “sariq”, “qizil” zonalarga ajratiş boşlanadi
Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda ÖzA.
Qarorga köra, 2024-yil 1-iyundan boşlab transport vositalari ekologik tekşiruvdan ötkaziladi.
Diagnostik tekşiruv natijalariga asosan transport vositalariga qalbakilaştirişdan himoyalangan va elektron belgiga ega stikerlar beriladi. Şunga köra, transport vositalari “yaşil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanadigan “toza”, “örta” va “zararli” ekologik toifalarga bölinadi.
❗️Diagnostik tekşiruvlar va stikerlar beriş BEPUL amalga oşiriladi.
Şuningdek, ekologik holatdan kelib çiqib hududlar “yaşil”, “sariq” va “qizil” zonalarga bölinadi. Agar havo ifloslanişi juda ortib ketib qolsa, “qizil” hududlarga stikeriga qarab ayrim maşinalar kirişi taqiqlanadi.
Tartibni buzganlarga jarima solinadi, jarimadan tuşgan mablağlar esa ekologiya va atrof-muhitni yaxşilaş uçun sarflanadi.
Uşbu “Ekologik transport” tizimi 2030-yilgaça bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
👉 @xushnudbek 👈

