Inqilobiy qaror! Endi maşinalarda «qizil», «sariq», «yaşil» ekologik stikerlar böladi. Bu qanday işlaydi?
Inqilobiy qaror! Endi maşinalarda «qizil», «sariq», «yaşil» ekologik stikerlar böladi. Bu qanday işlaydi?
Şavkat Mirziyoyev xalq tilida “Fayzobod GAI” nomi bilan tanilgan joyda qurilgan zamonaviy diagnostik markazni borib kördi.
Bu yerda davlat raqam belgisi va qayd etiş guvohnomasini beriş jarayoni juda soddalaştirilgan, ovogarçiliklar ham yöqolgan. Aytişlariça, barça jarayon taxminan 15 daqiqa vaqt olar ekan (ilgari kamida 2-3 soat ketardi).
Eng qiziği, bu kabi markazlarda nafaqat maşinalarga "nomer" va "texpasport" beriladi, balki endilikda avtomobildan ekologiyaga çiqayotgan zararli moddalar miqdori ham tekşiriladi. Ekologik tekşiruv natijasidan kelib çiqib RFID çip örnatilgan 🔴«qizil» (juda yomon), 🟡«sariq» (örtaça) yoki 🟢«yaşil» (ekologik toza) yorliq (stiker) maşinaning old oynasiga yopiştiriladi.
❓Bunaqa rangli stikerlar nega kerak?
Kelgusida joriy ekologik vaziyatdan kelib çiqib, şahar hududi bir neçta ekologik zonalarga ajratilişi mumkin ekan. Yaʼni transport vositalarining havoga çiqarayotgan zararli moddalari darajasiga köra (stiker rangiga qarab) ayrim ekologik zonalarga kirişi çeklanadi. Masalan, şahar markaziga yoki tarixiy obyektlar bor joyga faqat yaşil stikerli maşinalar kiradi, deyilişi mumkin (bu mening taxminim).
❓Agar bu zonalarga qizil yoki sariq stikerli maşinalar kirsa nima böladi?
Uşbu tartibga amal qiliş avtomatlaştirilgan kameralar orqali nazorat qilinadi va qoidani buzganlarga jarima yoziladi. Tuşgan jarimalar esa öşa hududning ekologik holatini yaxşilaşga sarflanadi.
Kelgusida respublika böylab 84 ta röyxatga oliş-diagnostika markazlarini hamda YHXXning 216 ta hududiy tuman bölinmalarini maşinalarni ekologik diagnostika qiladigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş rejalaştirilmoqda.
Öz navbatida aholi uçun elektromobillarni xarid qilişni rağbatlantiriş, bunday toifadagi avtomobillar uçun davlat raqamlarini berişda undiriladigan tölov miqdorlarini kamaytiriş yuzasidan çoralar köriladi.
👉 @xushnudbek 👈



