14-kun: Qöşnining haqqi va unga yaxşilik qiliş
5-aprel, çorşanba (14-kun)
Iftorlik vaqti: 18:54 (Toşkent vaqti)
Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Menga Jabroil qöşni xususida tavsiya beraverganidan uni merosxör qilib qöyarmikan, deb öylab qoldim”, dedilar».
📖 Şarh: Demak, Jabroil alayhissalom qöşniga yaxşilik, muruvvat qiliş töğrisida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga şu qadar qattiq taʼkidlagan ekanlarki, u zot gap şunday tarzda davom etadigan bölsa, merosingni ham qöşning oladi, deb qolarmikan, deb öylagan ekanlar.
Uşbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Jabroil alayhissalom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tavsiya qilib turişlari;
2. Baʼzi tavsiyalar köp bölgani;
3. Qöşnining haqqi nihoyatda mötabar ekani.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈



