15-aprel kuni Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida Gentra haydovçisi ikki nafar öquvçini urib yuborgan
15-aprel kuni Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida Gentra haydovçisi ikki nafar öquvçini urib yuborgan.
Voqea tumanning Oqtom mahallasi hududidan ötgan yölda, Baxmal tumanidan bölgan 26 yoşli haydovçi avtomaşinasida yuqori tezlikda harakatlanib, rul boşqaruvini yöqotgani sabab sodir bölgan.
U qarama-qarşi yönalişda maktabga ketayotgan 5 va 7-sinf öquvçilarini urib yuborgan va oqibatda bolalar vafot etgan. Şuningdek, maşina yöl çetida boğlanib turgan qoramolni ham urib ketgan va u ham nobud bölgan.
Suriştiruv davomida haydovçi 2023-yilning dekabr oyidan şu kungaça 11 marotaba yöl harakati qoidalarini buzgani aniqlangan. Hozirda hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, haydovçiga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
👉 @xushnudbek 👈


