PPX xodimiga muşt tuşirgan haydovçiga jinoyat işi qözğatildi, IIBdagi akasi esa işdan olindi
❗️PPX xodimiga muşt tuşirgan haydovçiga jinoyat işi qözğatildi, IIBdagi akasi esa işdan olindi
Holat şu yilning 30-mart kuni Toşkent şahri Yaşnobod tumanida sodir bölgan. Davlat raqam belgisisiz harakatlanayotgan Malibu avtomaşinasining mast haydovçisi yölda Leapmotorsʼni turtib olib, YTH sodir etgan.
Şundan söng ikki haydovçi örtasida tortişuv yuzaga kelib, Leapmotors haydovçisi “102”ga qönğiroq qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan PPX xodimlari Malibu egasini IIBga olib ketmoqçi bölganda, u faol qarşilik körsatgan va hatto xodimlardan biriga muşt tuşirgan.
Hozirda qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) 2-qismi, 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Şuningdek, uşbu voqeadan söng haydovçining akasi (Sirdaryo IIB rahbar xodimi), podpolkovnik Şerzod Pardayev vazirlik buyruği bilan lavozimidan ozod qilindi.
- 7 Telegram Stars


