Ramazon

16-aprel, yakşanba (25-kun): Ramazon taqvimi va ism qöyiş haqida hadis

Matn16-aprel, 2023, 03:401 daqiqa0 koʻrish

16-aprel, yakşanba (25-kun)
Saharlik vaqti: 04:19
Iftorlik vaqti: 19:05 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Vahbdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Anbiyolarning ismlarini qöyinglar. Alloh azza va jallaga eng mahbub ismlar Abdulloh va Abdurrahmondir. Eng sodiq ismlar Horis va Hammamdir. Eng qabih ismlar Harb va Murradir», dedilar».

📖 Şarh: Farzandlarga ism qöyişda anbiyo alayhimussalomning ismlarini qöygan afzal ekan.

Abdulloh va Abdurrahmon ismlari Alloh taologa eng mahbub, yaʼni sevimli ismlar ekan.

Horis ismida «kasb», «hosil jamlaş», Hammam ismida «öta himmatli» maʼnolari borligi uçun, bular eng sodiq ismlar deb atalgan ekan.
Uşbu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam arablarda qöyiş odat bölgan baʼzi noqulay ismlarni ham bayon qilib ötganlar. Misol uçun, Harb – «uruş» va Murra – «aççiq» degan ismlar. Demak, bunday yomon maʼnoli ismlarni qöymaslik kerak.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek