Ramazon

Ramazonning 29-kuni: Saharlik va iftorlik vaqti hamda qöl berib söraşiş haqida hadis

Matn20-aprel, 2023, 03:481 daqiqa0 koʻrish

20-aprel, payşanba (29-kun)
Saharlik vaqti: 04:11
Iftorlik vaqti: 19:10 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi:

«Ahli Yaman kelganda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Batahqiq, Yaman ahli kelmoqda. Ular sizlardan köra yumşoq qalblidir. Ular birinçi bölib qöl berib söraşganlardir», dedilar».

📖 Şarh: Demak, qöl berib söraşişni ilk bor yamanliklar odat qilgan ekanlar. Ularning mazkur sifatlari haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning özlari xabar berib, ularning bu işlarini maqtagan ekanlar. Bu maqtovda qöl berib körişiş qalbning yumşoqligiga sabab qilib körsatilgan.

Şuning uçun hozirgaça mömin-musulmonlar oğzaki salomlaşiş bilan birga, qöl berib ham söraşadilar.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek