2025-yil 1-apreldan «Ijtimoiy daftarlar» orqali körsatiladigan ijtimoiy yordamlar takomillaştiriladi
Prezidentning yangi farmoniga köra, 2025-yil 1-apreldan “Ijtimoiy daftarlar” jamğarmalari orqali körsatiladigan ijtimoiy yordamlar yanada takomillaştiriladi.
🔹 Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar umumiy ijtimoiy yordamlardan foydalanadi.
🔹 Oylik daromadi har bir aʼzoga minimal isteʼmol xarajatlarining 2 baravaridan oşmaydigan oilalar uy-joy şaroitlarini yaxşilaş va soğliqni saqlaş böyiça ijtimoiy yordam oladi.
Bundan taşqari, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” jamğarmalarining 25 foizidan köp bölmagan qismi madaniy-maʼrifiy, taʼlim, sport va turizm tadbirlariga yönaltirilişi mumkin.
Endilikda ijtimoiy yordamlar qöşimça murojaatsiz — kambağallikdan çiqariş böyiça individual rejaga muvofiq ajratiladi. Şuningdek, fuqaroning moliyaviy va ijtimoiy holati avtomatik baholaş tizimi (skoring) orqali tekşiriladi.


