Muhim

Özbekistonda kambağal oilalar toifalarga ajratiladi

Matn13-may, 2025, 10:362 daqiqa0 koʻrish

❗️Özbekistonda kambağal oilalar toifalarga ajratiladi

Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga köra, 15-maydan boşlab Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan va uşbu reyestrga tuşiş xavfi bölgan oilalar 🔴“qizil”, 🟡“sariq” va 🟢“yaşil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari ularning toifasiga qarab körsatiladi.

🔴 “Qizil” toifaga – oila aʼzolarining har biriga töğri keladigan örtaça oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan (669 ming söm) kam bölgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

▪️ aʼzolarining kamida 1 nafari soğliğining holatiga köra mehnat qiliş imkoniyatiga ega bölmagan;

▪️ parvarişga muhtoj aʼzosi, şu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bölgan;

▪️ özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz yaşovçi yoki yolğiz keksa yoxud yolğiz nogironligi bölgan şaxsdan iborat bölgan;

▪️ boquvçisini yöqotgan yoki boquvçisi jazoni ijro etiş muassasasida bölgan oila.

🟡 “Sariq” toifaga – oila aʼzolarining har biriga töğri keladigan örtaça oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan kam bölgan hamda aʼzolari soğliği holatiga köra mehnat qiliş imkoniyatiga ega bölgan oilalar kiritiladi.

🟢 “Yaşil” toifaga – oila aʼzolarining har biriga töğri keladigan örtaça oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigaça (669 ming sömdan 1 mln 3 ming 500 sömgaça) bölgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

▪️ oila “qizil” yoki “sariq” toifadan çiqarilgan bölsa;

▪️ oilaning Kambağal oilalar reyestriga kiritilişi ehtimoli yuqori bölsa.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek