Muhim

2027-yil 1-yanvardan muddatli tölov tizimida katta özgarişlar böladi

Matn17-avgust, 2026, 19:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️2027-yil 1-yanvardan muddatli tölov tizimida katta özgarişlar böladi. Eng muhim 7 ta yangilik

Prezident qaroriga (PQ-248-son, 14.08.2026-y) köra, 2027-yil 1-yanvardan boşlab, muddatli tölov, yaʼni nasiya yoki bölib-bölib tölaş xizmatlari alohida tartibga solinadigan böldi.

Endi bunday xizmat körsatuvçi taşkilotlar Markaziy bank reyestriga kirmasa, muddatli tölov operatori sifatida işlay olmaydi.

❓1-yanvardan xaridorlar uçun nimalar özgaradi?

1️⃣ Muddat — köpi bilan 12 oy.

Yaʼni muddatli tölovni şartnomalarni 18, 24 yoki 36 oyga tuzib bölmaydi (bank kreditlari mustasno).

2️⃣ Tovar, iş yoki xizmat qiymati 250 BHM (110 mln söm) dan oşmasligi kerak.

Yaʼni 200 mln yoki 300 mln sömlik mahsulotlarni muddatli tölovga sotib bölmaydi.

3️⃣ Köçmas mulk muddatli tölov obyekti böla olmaydi.

Yaʼni köçmas mulk obyektlarini nasiya yoki bölib tölaş şaklida sotib bölmaydi (bank kreditlari mustasno).

4️⃣ Ustama yaşirilmaydi.

Operator komissiya, ustama va yakuniy narxga qöşiladigan boşqa tölovlarning har birini şartnomada alohida körsatişi şart. Yaʼni mijozga yakuniy narx qança bölişini aniq körsatiş kerak böladi.

Masalan, bölib tölaşga 10 mln sömga telefon olsangiz, yakunda 14 mln söm şaklida qaytarasiz, degandek.

5️⃣ Qöşimça tölovlarga maksimal çegara qöyiladi.

Asosiy qarzdan taşqari komissiya, vositaçilik haqi, jarima, penya va boşqa tölovlarning jami bir yilda muddatli tölov summasining 50 foizidan oşmasligi kerak.

Masalan, muddatli tölovning asosiy summasi 10 mln söm bölsa, bir yil davomida barça qöşimça tölovlar jami 5 mln sömdan oşişi mumkin emas. Bu maksimal çeklov xolos, aynan 50% böladi, degani emas.

6️⃣ Qarzni oldinroq yopiş bepul.

Xaridor qarzni istalgan vaqtda töliq yoki qisman muddatidan oldin tölaşi mumkin. Buning uçun qöşimça jarima, penya yoki komissiya undirilmaydi.

7️⃣ Muddatli tölov intizomi kredit tarixiga taʼsir qiladi.

Operatorlar mijozni raqamli identifikatsiyadan ötkazadi, uning qarz yukini tekşiradi hamda muddatli tölov ijrosi haqidagi maʼlumotlarni kredit byurolari bilan almaşadi.

Demak, nasiyaga olingan qarz va uni qanday tölayotganingiz kredit tarixiga ham taʼsir qilişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek