Muhim

21 yoşga tölmaganlarga tamaki va alkogol mahsulotlarini sotiş taqiqlandi

Matn27-may, 2023, 15:581 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

21 yoşga tölmaganlarga tamaki va alkogol mahsulotlarini sotiş taqiqlandi

Prezident imzolagan qonunga köra alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizatsiya qiliş
❌ TAQIQLANDI:

— 21 yoşga tölmagan şaxslarga va ular tomonidan;

— sotuvçining bevosita iştirokisiz, öziga özi xizmat körsatiş tokçalaridan, elektron tijorat şaklida;

— sayyor savdo qiliş yöli bilan, köçmas savdo obyektlaridan taşqarida, dorixonalarda;

— bolalarga möljallangan tovarlar sotiladigan xonalarda;

— bolalar öyinçoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uçun möljallangan boşqa tovarlarga öxşatib işlangan bölsa;

— soğliqni saqlaş, taʼlim, madaniyat, sport inşootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;

— taʼlim, sport va diniy taşkilotlardan 100 metrdan kam masofada joylaşgan savdo obyektlarida;

— donalab yoki oçilgan qutilarda.

❗️ Alkogol mahsulotlarini iş joylarida, köçalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, boğlarda, barça turdagi jamoat transportida va boşqa jamoat joylarida isteʼmol qiliş taqiqlanadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kun (25.05.2023y.)dan 3 oy ötib kuçga kiradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek