Muhim

Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmolini çeklaş töğrisidagi qonun kuçga kirdi

Matn26-avgust, 2023, 18:321 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugundan "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişini hamda isteʼmol qilinişini çeklaş töğrisida"gi qonun kuçga kirdi

Qonunga köra alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizatsiya qiliş
❌ TAQIQLANDI:

— 21 yoşga tölmagan şaxslarga va ular tomonidan;

— sotuvçining bevosita iştirokisiz, öziga özi xizmat körsatiş tokçalaridan, elektron tijorat şaklida;

— sayyor savdo qiliş yöli bilan, köçmas savdo obyektlaridan taşqarida, dorixonalarda;

— bolalarga möljallangan tovarlar sotiladigan xonalarda;

— bolalar öyinçoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uçun möljallangan boşqa tovarlarga öxşatib işlangan bölsa;

— soğliqni saqlaş, taʼlim, madaniyat, sport inşootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;

— taʼlim, sport va diniy taşkilotlardan 100 metrdan kam masofada joylaşgan savdo obyektlarida;

— donalab yoki oçilgan qutilarda.

❗️ Alkogol mahsulotlarini iş joylarida, köçalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, boğlarda, barça turdagi jamoat transportida va boşqa jamoat joylarida isteʼmol qiliş taqiqlanadi.

Qonunning bajarilişi ustidan nazorat Içki işlar vazirligi, soliq organlari, bojxona organlari, Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilişga vakolatli organ, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan amalga oşiriladi.

Yangi qonun tamaki mahsulotlarining köça-kuydagi (noqonuniy) savdosiga barham berişga yordam berişi kutilmoqda.

Maʼlumot uçun alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş tovarlar töliq musodara qilinib, 33 mln sömgaça jarimaga (MJtK 186-1-modda) tortiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek