Ramazon

23-mart, payşanba. Iftorlik vaqti: 18:40. Ota-onani rozi qiliş haqida hadis

Matn23-mart, 2023, 18:211 daqiqa0 koʻrish

23-mart, payşanba.
Iftorlik vaqti: 18:40 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:

«Bir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, hijrat uçun bayʼat qilmoqçi böldi. U ota-onasini yiğlagan holda qoldirib kelgan edi. Ul zot:
“Ota-onangning huzurlariga qaytgin, ularni qanday yiğlatgan bölsang, xuddi şunday qilib kuldirgin”, dedilar».

📖 Şarh: Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning roziligini topiş, ularni xursand qilişni vaqti kelganda hatto hijratdan ham ustun qöygan ekanlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning haqqini qanday uluğlaganlariga bir nazar soling. Özlariga hijrat uçun bayʼat qilgani kelgan muxlis kişiga “Ota-onangning huzuriga borib, ularni kuldir”, demoqdalar.

Baʼzi holatlarda yoşlar diniy amallarga qiziqib, ota-onalarning haqlarini ortga suriş holatlariga yöl qöyişlari mumkin. Bunday paytlarda ilm sohiblari darhol ularga nasihat qilib, işni töğri yölga burişlari kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek