23-mart, payşanba: Saharlik va iftorlik vaqti hamda ota-ona rizosi haqida hadis
23-mart, payşanba.
Saharlik vaqti: 05:03
Iftorlik vaqti: 18:40 (Toşkent vaqti)
Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi:
«Robbning rizosi ota-onaning rizosidadir. Robbning noroziligi ota-onaning noroziligidadir».
📖 Şarh: Bu hadisda Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning gaplari keltirilmoqda. Baʼzi vaqtlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam emas, sahobalar tilidan aytilgan muhim maʼnodagi gaplar hadis kitoblarimizda keltirilaveradi. Çunki sahobalar bunday gaplarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eşitişmasa, özlaridan aytişmaydi.
Bizda «Ota rozi – Xudo rozi» degan gap bor. Xuddi mana şu xalq sözi biz örganayotgan hadisning tarjimasidir. Robbning roziligi volid, yaʼni ota-onaning roziligidadir. Alloh taoloning noroziligi esa ota-onaning noroziligidadir.
Demak, kim Alloh taoloni rozi qilişni istasa, ota-onaning roziligini olişga harakat qilişi kerak ekan. Kim Alloh taolo mendan norozi bölmasin, desa, ota-onasini norozi qilmaslik uçun harakat qilişi kerak ekan.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈
