24-mart, juma. Iftorlik vaqti va duoda azmu qarorli böliş haqida hadis
24-mart, juma.
Iftorlik vaqti: 18:41 (Toşkent vaqti)
Anasdan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Allohga duo qilsangiz, duoda azmu qarorli böling. Zinhor birortangiz: «Xohlasang, bergin” demasin, çunki Allohni majburlovçi yöq», dedilar».
📖 Şarh: Alloh taolo bandasining söraşidan bezor bölmaydi. Banda sörasa bas. Alloh subhanahu va taolo barça maxluqotlarning söraganlarini töplab turib, har biriga söraganidan yuz baravar, million baravar ortiq qilib berib yuborsa ham, mulkidan zarraça kamaymaydi.
Şuning uçun köp narsa sörab yubormadimmi, kabi noörin andişa qilib ötirmasdan, azmu qaror bilan sörayveriş kerak. Duolarim albatta qabul böladi, degan ishonch bilan söraş lozim.
Bu hadisi şarifda kelgan maʼnoga hayotda juda köp marta guvoh bölganmiz. Baʼzilar: “Duo qilganimda falon narsani ham sörasam bölar ekan” qabilidagi gaplarni köp gapirişadi. Bunday afsuslar takrorlanmasligi uçun duoda uşbu hadisi şarifga doimo amal qilişimiz lozim böladi.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈


