Mahkumlarni bir koloniyadan boşqasiga ötkaziş sud tomonidan hal etiladigan böldi
Mahkumlarni bir koloniyadan boşqasiga ötkaziş sud tomonidan hal etiladigan böldi
Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tuşirişga va ulardan intervyu olişga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvçi organning ruxsati ham olinişiga oid yangi norma kiritildi.
Mahkumlarga navbatdagi uçraşuvdan mahrum qiliş tarzidagi intizomiy jazo çorasi kiritildi.
Endilikda saqlaş rejimini aşaddiy buzuvçi deb topilgan mahkumlarga oid quyidagi masalalar sud tomonidan hal qilinadi:
➖ manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan – turmaga ötkaziş;
➖ manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan – maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan – turmaga qaytariş haqida.
Ilgari mazkur tartiblar intizomiy jazo sifatida Jazoni ijro etiş muassasalari tomonidan qöllanilgan.
👉 @xushnudbek 👈


