2700 reytingdan oşgan özbek şaxmatçilari soni 2 nafarga yetdi
2700 reytingdan oşgan özbek şaxmatçilari soni 2 nafarga yetdi
Keça nufuzli FIDE Grand Swiss 2023 turniri yakunlandi. Yakunga köra, yurtdoşlarimizdan Javohir Sindorov 8-örin, Nodirbek Abdusattorov 12-örin, Nodirbek Yakubboyev 14-örinni egalladi.
Eʼtiborli tomoni, sönggi turdagi ğalabadan söng Javohir Sindorov reyting oçkolari sonini 2700 dan oşirişga muvaffaq böldi. Hozirda dunyo böyiça jami 35 nafar şaxmatçi 2700 dan baland reytingga ega, ular orasida Nodirbek Abdusattorov ham bor edi. Endi Javohir ham super grossmeysterlar safiga qöşildi.
Javohirni tabriklaymiz! Keyingisi Nodirbek Yakubboyev böladi, degan umiddamiz.
FIDE Grand Swiss 2023 turnirida 1-örinni Santoş Vidit, 2-örinni esa Hikaru Nakamura egalladi va ikkalasi şaxmat toji yölida böladigan nomzodlar turniriga yöllanmani qölga kiritdi.
Şuningdek, turnirda qatnaşgan yana bir hamyurtimiz Şamsiddin Vohidov 11 imkoniyatdan 5 oçko töpladi va hisobiga qimmatli reyting oçkolarini qöşib oldi.
Videolar YouTubeʼdagi UzChess kanalidan olindi.
👉 @xushnudbek 👈



