Ramazon

28-mart, 18-kun: Nafsni tergaş va ölimdan keyingi hayotga tayyorgarlik haqida hadis

Matn28-mart, 2024, 18:261 daqiqa0 koʻrish

28-mart, payşanba (18-kun)
Iftorlik vaqti: 18:46 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Şaddod ibn Avs roziallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

"Dono - nafsini tergagan va ölimdan keyinini közlab amal qilgan odamdir. Ahmoq - nafsini havosiga ergaştirgan va Allohdan umidvor bölgan odamdir, dedilar».

Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilişgan.

📖 Şarh: Nafsni poklaydigan va axloqni sayqallaydigan eng muhim omillardan biri ölimni eslaşdir.

Odamlarning notöğri yöllarga kirişlari va ularda davomli bölişlariga sabab ölimni unutişlaridir. Ölimni öylamagan odam har qanday gunohni tap tortmay qilaverişi heç gap emas.

Agar har bir banda bir kun kelib ölişini, tuproqqa qorilişini, qurtga yem bölişini, Munkar va Nakir savollariga tutilişini, qiyomatda tirilişini, jannat yoki dözaxga kirişini öylab tursa, ölimni eslaydigan va unga tayyorgarlik köradigan böladi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ruhiy tarbiya» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek