3 yilda salkam 1 mlrd söm mukofot olgan ustoz

Video9-noyabr, 2024, 18:062 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

3 yilda salkam 1 mlrd söm mukofot olgan ustoz

Tanişing, videodagi qiz — Mohira Boltayeva, 23 yoşda. Kimyo fani böyiça Özbekiston terma jamoasi rahbari.

Uning özi öquvçilik paytida kimyo fanidan xalqaro olimpiadada kumuş medalni qölga kiritgan. Hozirda ustozlik qilib, öquvçilarni xalqaro fan olimpiadasiga tayyorlaydi.

2019-yildan buyon Özbekistonda xalqaro fan olimpiadasida ğolib bölgan öquvçilarga hamda ularning ustozlariga pul mukofotlari beriş yölga qöyildi.

Mohira ham 3 yildan buyon şogirdlarining muvaffaqiyati sababli ana şunday pul mukofotlarini oladi. 2022, 2023 va 2024-yillarda jami 900 mln söm mukofot olgan.

Demak, öz navbatida uning şogirdlari bölgan öquvçilar jami 1,1 mlrd sömdan köproq mukofot pullari olişgan.

Maʼlumot uçun: Özbekistonlik öquvçilar 2024-yilda rekord natija körsatib, xalqaro fan olimpiadalarida 122 ta medal qölga kiritişdi va jami 9 mlrd söm mukofot olişdi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 17 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek