Eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari ham taqdirlandi

Albom8-noyabr, 2024, 16:212 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari ham taqdirlandi

Tan olingan 5 ta eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida (matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika) medallarni qölga kiritgan öquvçilar va ularning ustozlari ham mukofotlandi.

Joriy yil öquvçilarimiz jami 11 ta medal (1 ta oltin, 4 ta kumuş va 6 ta bronza) olişdi.

❓Ğoliblarga qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?

✅ Prezident qaroriga muvofiq, tan olingan Xalqaro fan olimpiadalari ğoliblariga davlat byudjetidan quyidagiça bir martalik pul mukofoti beriladi:

🥇1-örin (oltin medal) uçun:

öquvçiga — 500 baravar (187 mln 500 ming söm);
ustoziga — 450 baravar (168 mln 750 ming söm).

🥈2-örin (kumuş medal) uçun:

öquvçiga — 300 baravar (112 mln 500 ming söm);
ustoziga — 250 baravar (93 mln 750 ming söm).

🥉3-örin (bronza medal) uçun:

öquvçiga — 200 baravar (75 mln söm);
ustoziga — 150 baravar (56 mln 250 ming söm).

Şuningdek, uşbu öquvçilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinçalik taʼlim muassasalarida öqituvçi bölib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoşiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 10 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek