Tushuntirish

3 yoşgaça farzandi bor talaba-qizlar masofaviy taʼlim olişi mumkinmi?

Matn16-sentabr, 2024, 19:071 daqiqa0 koʻrish

❓3 yoşgaça farzandi bor talaba-qizlar masofaviy taʼlim olişi mumkinmi?

✅ JAVOB: Hozirça bunday tartib mavjud emas.

Joriy yilning 28-iyun kuni Şavkat Mirziyoyev yoşlar bilan muloqot qilgan edi. Uşbu muloqotda Prezident yoşlarni qöllab-quvvatlaşga oid bir qator TAKLIFLARni ilgari surgan edi.

Jumladan, kelgusida uç yoşgaça farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy taʼlim oliş imkoniyati yaratilişi aytilgandi.

Bu taklif maqomida bölib, hozirça bu borada biron hujjat qabul qilinmadi. Yaʼni uç yoşgaça farzandi bor talaba-qizlar qaysi holatda masofaviy taʼlim oladi, buning uçun nimalar qilişi kerak, kimga qanday ariza beradi, bunda taʼlim şaklini masofaviyga köçiriş tarzida böladimi yoki kunduzgida qolaverib, vaqtinça masofaviy öqib turadimi, hozirça bu savollarning birontasiga rasmiy javob yöq. Şunga oid biron rasmiy hujjat qabul qilinsa, undan keyingina aytiş mumkin.

Xullas, bugungi kunda uç yoşgaça farzandi bor talaba-qizlar oliygoh maʼmuriyatidan masofaviy öqişni talab qilişi befoyda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek