Homilador va yoş bolali talabalarga öqişni davom ettiriş uçun qöşimça imkoniyatlar beriladi
Prezident farmoniga köra:
Homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalarga oliy taʼlim oliş uçun “ikkinçi imkoniyat” yaratiş maqsadida 2026/2027-öquv yilidan boşlab:
➖ kursdan kursga qolgan yoxud talabalar safidan çiqarilgan şaxslarga, istisno tariqasida, fanlar farqini qayta özlaştiriş şarti bilan taʼlimni davom ettiriş imkoni yaratiladi;
➖ talabalar fanlar farqini mustaqil özlaştirişi uçun qöşimça muddat berilsin va boşqa zarur şart-şaroitlar taşkil etiladi.
***
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi uç oy muddatda quyidagilar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
• homilador talaba-qizlar yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalarga akademik taʼtil davrida, ularning xohişiga köra, masofaviy taʼlim şaklida öqişni davom ettiriş imkoniyatini yaratiş;
• masofaviy taʼlim şaklida kadrlar tayyorlaş böyiça taʼlim yönalişlari va qabul körsatkiçlarini oşiriş orqali homilador talaba-qizlar yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalarga taʼlimni davom ettiriş uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş;
• akademik taʼtilga çiqqan, kursdan kursga qolgan va talabalar safidan çiqarilgan homilador talaba-qizlar yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalar yuzasidan alohida statistik maʼlumotlarni yuritiş.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars

