Tushuntirish

31-avgust uçun öqituvçilarga iş haqi tölanmaydimi?

Matn29-avgust, 2026, 19:291 daqiqa0 koʻrish

❓31-avgust uçun öqituvçilarga iş haqi tölanmaydimi?

✅ Qisqa javob: tölanadi.

📝 Batafsil javob: bu kabi savollar köp berilayotgani uçun masʼullar bilan boğlandim. Ularning javobi quyidagiça böldi:

Maktablarda xodimlarga iş haqi tölovlari ştatlar jadvali hamda tarifikatsiya röyxati böyiça ajratilgan dars soatlari asosida amalga oşiriladi.

Bunda, öqituvçilarga tarifikatsiya röyxatida ularga belgilangan oylik yuklama, yaʼni stavkasidan kelib çiqqan holda iş haqi tölanadi.

Amaldagi mehnat qonunçiligida dam oliş kuni munosabati bilan, jumladan, 31-avgust kuni uçun maktablarda iş haqidan uşlab qoliş nazarda tutilmagan bölib, iş haqidan uşlanmasdan töliqligiça tölab beriş böyiça topşiriq berilgan.

Maktab va boğçalarning avgust oyi ikkinçi yarim iş haqi tölovlari bayramni kötarinki kayfiyatda ötkaziş maqsadida 29-avgust sanasidan boşlab tölab berilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek