Öqituvçilarning oylik iş haqi qaçon tuşadi?
❓Öqituvçilarning oylik iş haqi qaçon tuşadi?
Uşbu savol aks etgan murojaatlar köp kelyapti. Ustozlarimiz maoşi qaçon tuşişini bilmoqçi.
Uşbu masala yuzasidan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati bilan boğlanib, masalaga oydinlik kiritişga harakat qildim.
Aytişlariça, barça texnik nosozliklar öz yeçimini topgan va öqituvçilarga oylik iş haqini tuşiriş (naçisleniye) jarayoni boşlangan.
Ayni daqiqalarda moliya masalalariga masʼul barça xodimlar işda va maksimal darajada barça hududlardagi xodimlarga oylik iş haqini ulgurişsa ertalab tonggaça, yoki uzoği ertaga tuşirişga harakat qilişmoqda.
Olingan maʼlumotlarga köra, hozirgaça 50% ga yaqin xodimlarga oylik iş haqi hisoblab, ötkazib bölingan (banklarda iş kuni yopilgani uçun, plastik kartada ertalab körinişi mumkin).
Xulosa qilib aytganda, ertaga barça öqituvçilarning iş haqlari egalariga yetib boradi, Xudo xohlasa.
👉 @xushnudbek 👈

