32 mingdan ortiq vakant örinlar uçun oltinçi yönaliş tanlaş boşlandi
❗️32 mingdan ortiq vakant örinlar uçun oltinçi yönaliş tanlaş boşlandi
Oliy taʼlim taşkilotlarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga kiriş imtihonlarida iştirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball töplagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, şu jumladan, röyxatdan ötişning ikkinçi bosqiçida oliy taʼlim taşkiloti va bakalavriat taʼlim yönalişlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant örinlar mavjud bölgan, fanlar majmuasi va taʼlim tili mos bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça qöşimça tanlovda iştirok etiş imkoniyati yaratildi.
🏫 2026/2027-öquv yilida jami 80 ta oliy taʼlim muassasasida 31 ming 808 ta vakant örin mavjud bölib, mazkur vakant örinlarni töldiriş maqsadida abituriyentlar örtasida qöşimça tanlov ötkaziladi.
⌛️2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (şu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qöşimça tanlovda iştirok etiş uçun röyxatdan ötişlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi va taʼlim tili mos bölgan, vakant örinlar mavjud bakalavriat taʼlim yönalişlarini tanlaş huquqi beriladi.
📋 Röyxatdan ötgan abituriyentlar vakant örinlarga töplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda, bazaviy tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
Tanlov yakunlari böyiça Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan tegişli tanlov qaydnomalari şakllantirilib, oliy taʼlim taşkilotlariga taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


