Ramazon

4-aprel, seşanba (13-kun): Ota-onaga yaxşilik qiliş haqida hadis

Matn4-aprel, 2023, 04:011 daqiqa0 koʻrish

4-aprel, seşanba (13-kun)
Saharlik vaqti: 04:42
Iftorlik vaqti: 18:53 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Sahl ibn Muʼoz otasidan rivoyat qiladi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim ota-onasiga yaxşilik qilsa, unga Tubo bölsin, Alloh azza va jalla uning umrini ziyoda qilsin”, dedilar».

📖 Şarh: Bu hadisi şarifda ota-onasiga yaxşilik qilgan farzandlarga katta mukofot va barakotlar vaʼda qilinmoqda.

Kim ota-onasiga yaxşilik qilsa, unga Tubo bölar ekan. Tubo jannatning nomlaridan biri yoki jannatdagi daraxtning ismi yoxud saodat va yaxşilik maʼnolarini anglatadi. Şularning hammasi vaʼda qilinmoqda desak, yana ham maʼqul böladi.

“Umrini ziyoda qilsin” deganda, umrini barakali qiliş maʼnosi tuşuniladi. Belgilangan umrini yaşaydi, lekin Alloh taolo uning umrini barakali qilib qöyadi.

Baʼzi ulamolar: “Alloh taoloning Öziga oson, belgilangan umrni uzaytirsa ham Özining işi, bunga birov aralaşa olmaydi. Allohning irodasini heç kim qaytara olmaydi, xohlasa, şunday bölaveradi”, deyişadi.

Demak, kim umrim barakali, uzun bölsin desa, ota-onasiga yaxşilik qilişi kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek