Ramazon

12-kun: Duoning ijobat böliş şartlari haqida hadis

Matn3-aprel, 2023, 18:001 daqiqa0 koʻrish

3-aprel, duşanba (12-kun)
Iftorlik vaqti: 18:52 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Biringiz gunoh aralaştirmay yoki silai rahmni uzmay duo qilgan bölsa yoxud şoşilmasa, ijobat böladi. «Duo qildim, menga ijobat bölişini körmayapman”, deydi va duoni tark qiladi», dedilar».

📖 Şarh: Banda «Duo qildim-u, menimça, qabul bölmasa kerak», demasin. Noumid bölmasdan, duoda bardavom böliş kerak. Duo qilinaversa, inşaalloh, qabul böladi.

Uşbu hadislardan duoning şartlarini örganib olyapmiz:

1. Duoga gunoh aralaşmasligi kerak ekan. Şuning uçun duo qilişdan oldin tavba qilib turib, keyin duo qiliş lozim.

2. Qarindoşlik aloqalarini uzgan holatda ham duo qabul bölmas ekan. Özimiz Alloh taoloning amriga zid iş qilib turib, yana Undan biror narsa sörab duo qilişimiz heç bir aqlga, mantiqqa töğri kelmaydi.

3. Şuningdek, duoda noumid bölmaslik va uning ijobatiga şoşilmaslik ham kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek