Sport

4 nafar şaxmatçimiz yakkalik bahslarida oltin medalga daʼvogar bölib turibdi

Foto27-sentabr, 2026, 12:512 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

4 nafar şaxmatçimiz yakkalik bahslarida oltin medalga daʼvogar bölib turibdi

Şaxmat olimpiadasida jamoaviy natijadan taşqari har bir doska kesimida individual sovrinlar ham öynaladi. Şaxmatçilar körsatgan performans (şaxmatçining kuçi) asosida 5 ta doska böyiça 🥇oltin, 🥈kumuş va 🥉bronza medallari beriladi.

Hozirda 4 nafar şaxmatçimiz öz doskasida oltin medal uçun kuraşmoqda.

Nodirbek Abdusattorov 2900 performans bilan 1-doskada oltin medalga yaqin. Agar u bugun ğalaba qozonsa, ilk bor yakkalik bahslarda oltin medalni qölga kiritadi. Bungaça Nodirbek 2022 va 2024-yillardagi olimpiadada Gukeşdan ortda qolib, 2 marta kumuş medal olgan edi.

Özbekiston-3 jamoasi tarkibida zaxira öyinçisi (5-doska) sifatida qaydnomaga kiritilgan Asrorjon Omonov esa Şaxmat olimpiadasidagi barça şaxmatçilar içida eng yuqori performansni qayd etib turidbi. U 7 ta bahsning barçasida ğalaba qozondi va hozir 2976 performansni qayd etmoqda, bu aqlga siğmas darajada yuqori natija!

Javohir Sindarov 2-doskada, Nodirbek Yakubbayev esa 3-doskada 2-örinda turişibdi. Sindarovning 1-öringa kötarilişi juda qiyin, lekin Nodirbek Yakubbayevda oltin medal uçun imkoniyat bor. Buning uçun u bugun ğalaba qozonişi, Germaniya vakili Frederik Svane esa yuta olmasligi kerak.

❓Performans nima?

Performans — şaxmatçining aynan şu turnirda qaysi reyting darajasida öynaganini körsatadi.

Masalan, Asrorjon Omonovning reytingi 2347, lekin u şu turnirda xuddi 2976 reytingga ega şaxmatçidek kuçli öynamoqda. Bu qanaqa katta reytingligini tuşunişingiz uçun, hatto Magnus Karlsen ham heç qaçon 2900 reytingga çiqa olmagan, uning eng yuqori natijasi 2882 reyting bölgan. Nazariy jihatdan, Asrorjon Omonov uşbu turnirda Magnusning eng kuçli davrdagi holatidan ham kuçliroq öynamoqda (albatta, bu biroz notöğri soliştiriş, çunki raqiblarning kuçiga ham köp narsa boğliq. Şunçaki, performans nimaligini tuşunişingiz uçun aytdim).

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Osiyo öyinlari – 2026

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Hayajonli va eng muhim janglar boşlandi!

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing