Uçqörğonda 5 yoşli qizaloq zörlangani holati böyiça jinoyat işi qözğatildi
Joriy yilning sentyabr oyida Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi davlat boğçalaridan birida 5 yoşli boğça tarbiyalanuvçisi şu boğçaning ombor mudiri tomonidan zörlangani holati böyiça Jinoyat kodeksining 118 (Nomusga tegiş) va 112 (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Iş böyiça tergovni şaxsan Boş prokuror öz nazoratiga olgan.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham voqea haqida xabar topganini va buni eşitib qattiq ğazablanganini bildirdi:
“Nazarimda, bunday vahşiyona jinoyatlar uçun ölim jazosini qöllaş kerak. Amaldagi qonunçilikda oliy jazo közda tutilmagan, şu bois javobgarlikni maksimal darajada kuçaytiriş uçun qonun hujjatlariga özgartiriş kiritiş böyiça taklif tayyorlayapmiz”, - deb yozdi u.
Saida Mirziyoyeva, şuningdek, jinoyatçi qonun doirasidagi eng oğir jazoga tortilişi hamda beparvoligi bilan bunga yöl qöyib bergan barça masʼullar ham jazolanişini maʼlum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 48 Telegram Stars



