5 yil pedagoglik stajiga ega öqituvçilar qabuli haqida
5 yil pedagoglik stajiga ega öqituvçilar qabuli haqida
#abituriyent
Avval xabar berganimizdek, Davlat qabul komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-öquv yilida umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik maʼlumotga ega bölmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bölgan öqituvçilar pedagogika OTMlarida bakalavriatning sirtqi taʼlim şakliga tölov-kontrakt asosida qabul qilinişi belgilangan.
✅ Unga köra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bölgan öqituvçilar uçun 14 ta pedagogika OTMlarida jami 1000 ta maqsadli kvota ajratilgan.
Bu qabul qanday bölişi haqida mana bu yerda batafsil tuşuntirgan edim. Bunda eng asosiy joyi şundaki, uşbu mingta kvota öqişga kira olmagan pedagoglar uçun. Agar özining kuçi bilan öqişga kirganlar bölsa, ular öşa kirgan OTMda öqiyveradi.
Köpçilik öqituvçilar uşbu masalada murojaat qilib, bizdan heç kim heç narsa söramayapti, mana şu mingta kvotaga qabul qaçon böladi, deb söraşmoqda.
Şu sababli yana bir marta qisqa tuşuntirişga harakat qilaman. Demak, uşbu qabul quyidagiça taşkil etiladi:
➡️ 5 yil stajga ega öqituvçilar heç qayerga hujjat topşirişi yoki ariza berişi şart emas;
➡️ Xalq taʼlimi vazirligi 5 yil stajga ega pedagoglar röyxatini şakllantirgan. DTMdan öşa röyxat asosida öqişga kira olmagan öqituvçilar neça ball olganining maʼlumotini olişgan. Hozir endi uşbu maʼlumotlarni saralaş va yana bir marta tekşiriş jarayoni ketmoqda;
➡️ Yiqilgan öqituvçilar maqsadli kvota doirasida ballar ketma-ketligida öqişga tavsiya qilinadi. Yaʼni jaydari tilda aytganda, öqişdan yiqilgan öqituvçilar orasida eng köp ball olgan 1 ming nafar 5 yil stajli pedagoglar qöşimça kvotaga öqişga qabul qilinadi.
Yana qaytaraman, bu jarayonlar tugagunga qadar öqituvçilar heç qayerga hujjat topşirişi, kimlarningdir eşigida sarğayişi, kimlardandir iltimos qilib yalinişi şart emas. Barçasini Xalq taʼlim vazirligi va Davlat test markazining özi qiladi.
Javoblar qaçon aniq böladi?
Kimlar kirganining javoblari sentabr oyining oxiri - oktabr oyining boşlarida çiqib qolsa kerak. Uşbu mingta kvota faqat sirtqi taʼlim şakli uçun berilişini hisobga olsak, bu heç qanday muammo tuğdirmaydi. Sirtqidagilarning öqişi boşlangunça javoblar albatta eʼlon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈


