Tushuntirish

Köp berilayotgan savollarga javoblar

Matn17-iyun, 2024, 11:421 daqiqa0 koʻrish

Köp berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent

❓Qabul kvotalari tasdiqlandimi?

✅ JAVOB: Yöq, hozirça qabul kvotalari tasdiqlanmadi. Tuya goʼştini yegan kvotalar har yili qabul boşlanib ketgaç tasdiqlanişi odatiy holga aylangan. Garçi joriy yilda dastlabki bosqiçda faqat fanlar majmuasi tanlanayotgan bölsa-da, lekin bu qabul kvotalarini istagança keç tasdiqlaş mumkin degani emas. Abituriyentlar kvotalarga qarab fanlar majmuasini tanlaşi ham mumkin edi. Afsuski, haligaça kvotalar maʼlum emas. Qaçon tasdiqlanişi haqida ham aniq maʼlumot yöq.

❓Joriy yilda ham beşta yönaliş tanlasa böladimi?

✅ JAVOB: Ha, böladi. Hozir abiturentlar faqat fanlar majmuasini tanlayapti. Test sinovlari töliq yakunlangaç esa, 15 kun içida beştagaça yönaliş tanlaşi mumkin böladi.

❓Joriy yildan sirtqi taʼlim bölmaydimi?

✅ JAVOB: Böladi, sirtqilar yopilgani yöq. Köpçilik pedagogika sohasidagi 14 ta yönalişning sirtqisiga faqat pedagogik staji borlargina topşirişi mumkinli haqidagi xabarlarni öqib, barça sirtqi yönalişlar yopilibdi, deb xato tuşunadi. Aslida sirtqilar yopilgani yöq.

Mana bu yerda batafsil javob bor:
https://t.me/xushnudbek/19225

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek