Tezkor

5 yil stajga ega xotin-qizlar uçun 2026-yilgi kvotalar taqsimoti eʼlon qilindi

Hujjat17-iyul, 2026, 22:382 daqiqa0 koʻrish

Xotin-qizlar_2500-kvota_2026.pdf

PDF · 226 KB

Yuklab olish

⚡️KVOTA-2026
#abituriyent 

✅ 5 YIL STAJGA EGA XOTIN-QIZLAR UÇUN
(2 ming 500 ta tölov-kontrakt uçun)

Imtiyoz qöllanişi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477

❗️Bir narsani yodda tuting: uşbu qöşimça kvotalar faqat tölov-kontrakt asosida ajratilgan. Mazkur tavsiyanoma grantga kiriş huquqini bermaydi.

Uşbu tavsiyanoma barça taʼlim şakllari uçun taalluqli. Kunduzgi, keçki va masofaviyni tanlaş mumkin.

‼️Uşbu tavsiyanoma faqat birinçi yönalişga ötadi. Ikkinçi va undan keyingi yönalişlar uçun kvota berilmaydi.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?

Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?

Masalan, ÖzMUda 5 yil staji bor xotin-qizlar uçun 20 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 40 nafar tavsiyanomali xotin-qiz ÖzMUni birinçi yönaliş sifatida tanladi. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k.

Eng avval öşa 40 nafar abituriyent özi töplagan ball böyiça umumiy tanlovda qatnaşadi. Agar özining bali tanlagan beşta yönalişidan qaysidir biriga kirişga yetsa, unda bor baraka, öşa yerda öqiyveradi, ularga tavsiyanoma qöllanmaydi.

Masalan, 40 kişidan 10 nafari öz kuçi bilan öqişga kirib ketdi, deylik. Yiqilgan 30 nafar xotin-qizlar orasida esa, tanlagan yönalişidan qatʼi nazar, alohida yana tanlov böladi. Bunda töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 20 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga kontrakt asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi.

Boşqaça aytganda bu tavsiyanoma öqişdan yiqilganlar uçun amal qiladi va ularga yana bir marta imkon beradi.

❓Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qöşib beradimi?

Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek