Tezkor

5 yil stajga ega xotin-qizlar uçun maqsadli qabul kvotasi tasdiqlandi

Hujjat4-iyul, 2023, 13:432 daqiqa0 koʻrish

5yil_ish_stajiga_ega_xotinqizlar_uchun_kvota2023.pdf

PDF · 149 KB

Yuklab olish

⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

✅ 5 YIL STAJGA EGA XOTIN-QIZLAR UÇUN

Imtiyoz qöllanişi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477

❗️Bir narsani yodda tuting: uşbu qöşimça kvotalar faqat tölov-kontrakt asosida ajratilgan. Mazkur tavsiyanoma grantga kiriş huquqini bermaydi.

Uşbu tavsiyanoma barça taʼlim şakllari uçun taalluqli. Kunduzgi, sirtqi, keçki va masofaviyni tanlaş mumkin.

‼️Uşbu tavsiyanoma faqat birinçi yönalişga ötadi. Ikkinçi va undan keyingi yönalişlar uçun kvota berilmaydi.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?

Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?

Masalan, ÖzMUda 5 yil staji bor xotin-qizlar uçun 9 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 30 nafar tavsiyanomali xotin-qiz ÖzMUni birinçi yönaliş sifatida tanladi. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k.

Eng avval öşa 30 nafar abituriyent özi töplagan ball böyiça umumiy tanlovda qatnaşadi. Agar özining bali tanlagan beşta yönalişidan qaysidir biriga kirişga yetsa, unda bor baraka, öşa yerda öqiyveradi, ularga tavsiyanoma qöllanmaydi.

Masalan, 30 kişidan 15 nafari öz kuçi bilan öqişga kirib ketdi, deylik. Yiqilgan 15 nafar xotin-qizlar orasida esa, tanlagan yönalişidan qatʼi nazar, alohida yana tanlov böladi. Bunda töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 10 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga kontrakt asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi.

❓Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qöşib beradimi?

Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek