6-yönaliş uçun salkam 29 mingta kvota mavjud
❗️6-yönaliş uçun salkam 29 mingta kvota mavjud
❓Hujjatlar qanday topşiriladi?
#abituriyent
📅 Röyxatdan ötiş muddati:
2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrgaça (şu kuni ham).
Vakant örinlar soni: jami 28 ming 881 ta
Kunduzgi: 19 ming 279 ta;
Keçki: 7 ming 58 ta;
Masofaviy: 2 ming 544 ta.
📘Tanlovda iştirok etiş tartibi:
• Abituriyentlar my.uzbmb.uz şaxsiy kabineti orqali röyxatdan ötadi.
• Test topşirgan fanlar majmuasi va taʼlim tiliga mos yönalişlardan 5 tagaça oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yönalişini (taʼlim şakli bilan birga) tanlaş imkoniyati mavjud.
• Röyxatdan ötgan abituriyentlar töplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant örinlarga bazaviy tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
• Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktabrgaça eʼlon qilinadi.
📌ESLATMA: Bu imkoniyat 2 ta toifa abituriyentlar uçun beriladi:
1️⃣ 2025-yilgi kiriş imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija körsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmaganlar, yaʼni öqişdan yiqilganlar;
2️⃣ röyxatdan ötişning ikkinçi bosqiçida oliy taʼlim taşkiloti va bakalavriat taʼlim yönalişlarini tanlamagan abituriyentlar, yaʼni ötgan safar turli sabablarga köra yönaliş tanlaşni esdan çiqarib qöyganlar.
📌 Muhim eslatma:
Agar abituriyent test topşirgan fanlar majmuasi va taʼlim tiliga mos vakant örinlar mavjud bölmasa, tanlovda qatnaşiş imkoniyati berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈



