Abduqodir Möminovga oid jinoyat işi böyiça sud hukmi öqildi

Matn4-avgust, 2023, 20:272 daqiqa0 koʻrish

Abduqodir Möminovga oid jinoyat işi böyiça sud hukmi öqildi

Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi hukmga köra A.Möminov fuqarolar L.M., F.K. va E.E.ning pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan egallaş holatlari böyiça jinoiy hodisa yuz bermaganligi hamda uning qilmişida jinoyat tarkibi bölmaganligi sababli Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “v” bandlari bilan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi.

❓Qaysi moddalar böyiça jinoyat sodir etgan deb topildi?

A.Möminov quyidagi moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, deb topildi:

1) Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (şaxsiy hayot daxlsizligini buziş) 2-qismi “a” bandi

(kodeksga köra, 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan)

2) 165-modda (tovlamaçilik) 3-qism “a” bandi

(kodeksda 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan)

3) 168-modda (firibgarlik) 4-qism “a” bandi

(kodeksda 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan)

4) 189-modda (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş) 1-qismi

(kodeksda 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari jazosi nazarda tutilgan)

5) 28, 211-moddasi (pora berişda iştirokçilik) 3-qismi “a” bandi

(kodeksda 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan)

❓Qanday jazo berildi?

A.Möminovga 3 yil muddatga jurnalistik (blogerlik) faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilandi.

Şuningdek, A.Möminovdan jabrlanuvçilar foydasiga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni undiriş belgilandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek