Tezkor

Farğonada taksini toş bilan urgan şaxs uşlandi, tomoşabin bölgan 3 nafar IIB xodimi işdan böşatildi

Video4-avgust, 2023, 14:393 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

1-avgust kuni Farğona şahrida fuqaro özi buyurtma qilgan taksi haydovçisining Cobalt rusmli avtomobilini toş bilan urib, özganing mulkiga ziyon yetkazib, bezorilik harakatlarini sodir etgandi.

Tarmoqlarda tarqalgan videoda bezorilik içki işlar organlari xodimlarining köz oldida sodir bölgani, xodimlar esa vaziyatga şunçaki tomoşabin bölişdan boşqasiga yaramagani körinadi.

IIV matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, bezorilik qilgan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi "a" bandi (takroran yoki xavfli residivist tomonidan) bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda uşlangan.

Vaziyatga "tomoşabin" bölib turgan IIB xodimlarining 3 nafari işdan böşatilib, bir nafariga "hayfsan" intizomiy jazosi qöllanildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek