Abituriyentlar soni 700 minglik dovondan oşdi
Abituriyentlar soni 700 minglik dovondan oşdi
#abituriyent
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga öqişga kiriş uçun onlayn röyxatdan ötgan abituriyentlar soni 711 ming 653 nafarga yetdi (2023-yil 17-iyul 18:00 holatiga).
Keçagi xuddi şu vaqt bilan soliştirganda, 24 soat içida 65 ming abituriyent hujjat topşirgan. Bu qabul boşlangandan buyon rekord körsatkiç. Albatta, oxirgi 3 kunlikda bu raqam yana ham oşişi tabiiy.
Agar kelgusi 3 kunlikda har kuni örtaça 100 ming abituriyent topşirsa, unda abituriyentlar soni milliondan oşişi mumkin.
Maʼlumot uçun: ötgan yili qabul tugaşiga 3 kun qolganda abituriyentlar soni 1 milliondan oşgan edi. Yakunda esa umumiy soni 1 mln 214 ming nafarga yetgandi. Köramiz, bu yil qanaqa bölarkin.
👉 @xushnudbek 👈



