Tushuntirish

Abituriyentlar uçun muhim: milliy sertifikatlar tizimida nima özgarişlar böldi?

Foto17-yanvar, 2024, 10:202 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Abituriyentlar uçun muhim: milliy sertifikatlar tizimida nima özgarişlar böldi?
#abituriyent

✅ JAVOB: Aslida aytarli katta özgariş bölmadi, asosiy özgariş bu test natijalari xalqaro metodika — Raş modeli asosida hisoblanadi. Prezident maktablari imtihoni ham aynan şu metodikaga asoslangan va mana bu postda bu haqida qisqa maʼlumot bergan edim.

Köpçilik kanallar "Endi milliy sertifikatdan 65 ball olsa ham abituriyentga testda maksimal ball beriladi" deb yozişdi. Umuman olganda bu töğri xabar, ammo biroz masala mohiyati oçib berilmagan.

Hozirgaça amalda bölgan milliy sertifikat imtihonlarida 100 ballik baholaş tizimida 86 balldan oşirganlarga testda öşa fandan maksimal ball, 60-86 ball töplaganlarga esa, olgan baliga mos ravişda tabaqalaştirilgan (proporsional) ball berilar edi.

Hozir ham xuddi şunaqa böladi. Faqat endilikda maksimal ball 100 emas, balki 75 ball böladi. Köpçilik avvalgidek 100 balldan 65 olsam maksimal ball olarkanman, deb öylab adaşmoqda. Yöq, endi 75 balldan 65 oliş kerak. 65 ball bu 75 ning 86 foizi böladi. Demak, oldingidan heç narsa özgarmagan.

Umumtaʼlim fanlarini biliş darajasini aniqlaş böyiça A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi. Unga köra:

70 balldan yuqori — A+;
65 - 69,9 ball — A;
60 - 64,9 ball — B+;
55 - 59,9 ball — B;
50 - 54,9 ball — C+;
46 - 49,9 ball — C.

Har 5 ball yangi daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTM bakalavriatiga test sinovlarida uşbu fandan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravişda maksimal ballga nisbatan tabaqalaştirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bölgan abituriyentga esa avval bölganidek tegişli majburiy fanlar böyiça belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Bor gap şu. Vahima qiladigan yoki ortiqça xursand böladigan joyi yöq, şunçaki baholaş metodikasi özgaryapti xolos.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek