Abituriyentlar maksimal ball olişi uçun milliy sertifikat darajasi qanday bölişi kerak?
❓Abituriyentlar maksimal ball olişi uçun milliy sertifikat darajasi qanday bölişi kerak?
#abituriyent
Bilim va malakalarni baholaş agentligi abituriyentlarga umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat böyiça ball beriş tartibini tuşuntirdi.
Unga köra:
❗️2024-yil 1-martgaça berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qiliş muddati doirasida):
➖ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bölganda test sinovlarida uşbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
➖ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgaça bölganda abituriyentlarga mos ravişda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida uşbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalaştirilgan (proporsional) ball beriladi.
✅ Milliy sertifikatga ega bölgan abituriyentga majburiy fanlar böyiça belgilangan eng yuqori ball beriladi.
❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga:
➖ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida uşbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
➖ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravişda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida uşbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalaştirilgan (proporsional) ball beriladi.
✅ Milliy sertifikatga ega bölgan abituriyentga majburiy fanlar böyiça belgilangan eng yuqori ball beriladi.
👉 @xushnudbek 👈

