Abituriyentlarning öqişga kirişga oid savollariga javoblar
Berilayotgan ayrim savollarga javoblar:
#abituriyent
❓Maktabning 9 yoki 10-sinfini yoxud litseyning 1-kursini tugatib, abituriyent sifatida testga kirib, yetarli ball töplagan öquvçilar talaba böla oladimi?
✅ JAVOB: yöq, böla olmaydi. Çunki unda örta maʼlumotni tugatgani haqida şahodatnoma (diplom) yöq.
***
❓Öqişga kiriş uçun yetarli ball töplagan abituriyentlar özining joyidan voz keçib, öqişga kira olmagan boşqa abituriyentga joyini sotsa böladimi?
✅ JAVOB: Yöq, bunaqa imkoniyat mavjud emas. Heç kim birovning örnida öqiy olmaydi.
***
❓Agar abituriyent öqişga kirib, turli sabablarga köra öqimasdan taşlab ketsa, unda öqişga kira olmagan pastdagi abituriyent uning örniga kötariladimi?
✅ JAVOB: yöq, öqişni taşlab ketganlar örni oçiq qoladi, pastdagilar uning örniga kötarilmaydi.
❓Agar tölovini amalga oşirsa, pulga ball sotib olsa böladimi?
✅JAVOB: bunaqa amaliyot mavjud emas va ilgari ham bölmagan. Ilohim, kelgusida ham bölmasin.
👉 @xushnudbek 👈


