Tushuntirish

Menda nogironlik imtiyozi bor edi, ammo nega bu hisoblanmagan?

Foto28-avgust, 2022, 12:492 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Menda nogironlik imtiyozi bor edi, ammo nega bu hisoblanmagan?

Köpçilik şunday savol bilan murojaat qilmoqda.

✅ JAVOB: Sizning imtiyozingiz hisoblangan, ammo siz yetarli ball töplay olmagansiz.

Birinçidan, nogironlik imtiyozi sizga ball qöşib bermaydi.

Ikkinçidan, imtiyozingiz bor degani, bu 100% öqişga kirasiz degani emas. Köpçilik 56,7 balldan oşirsam böldi, men aniq öqişga kiraman, deb öylamoqda.

Nogironligi bor şaxslar uçun OTMlar kesimida alohida kvota böladi. Öşa OTMga hujjat topşirganlar nogironligi bor şaxslar öşa kvota uçun kuraşadi. Kim yuqoriroq ball töplasa, davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi. Maxsus kvotaga bali yetmaganlar esa özi töplagan ball böyiça el qatori barça bilan bellaşadi.

Masalan, yuqoridagi suratga eʼtibor bering. Toşkent tibbiyot akademiyasida nogironligi bor şaxslar uçun 29 ta qöşimça davlat granti joyi ajratilgan bölib, jami 835 nafar nogironligi bor şaxslar hujjat topşirgan. Ötiş bali esa 119,7 ball bölgan.

Demak, nogironligi borligi uçun imtiyozga ega şaxslar Toşkent tibbiyot akademiyasiga hujjat topşirgan bölsa, bu ular aniq şu yerga kiradi degani emas. 119,7 balldan oşirganlar grantga kirgan, bundan past ball töplaganlarga imtiyoz qöllanmagan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek