Tushuntirish

Abituriyentning telefon raqami özgargan bölsa, nima qiliş kerak?

Albom10-iyun, 2026, 19:412 daqiqa0 koʻrish

❓Abituriyentning telefon raqami özgargan bölsa, nima qiliş kerak?
#abituriyent

✅ JAVOB: bunday vaziyat xavotirli emas. Şaxsiy kabinetga kirganda "Telefon raqamini özgartiriş" sahifasi orqali telefon raqamni yangisiga almaştiriş mumkin. Buning uçun eng avvalo şaxsiy kabinetga kirib oliş kerak.

Xöp, unda eski telefon raqami yöqlar şaxsiy kabinetga qanday kira oladi? Buning bir qança yöllari bor. Özim biladigan ayrim yöllarini tuşuntiraman:

1) eng avvalo my.uzbmb.uz saytiga kirişda ötgan yilgi parol yodingizda bölsa, eski telefon raqamingizni va parolingizni yozsangiz, şaxsiy kabinetga kira olasiz. Yaʼni parol yodida bölganlar uçun telefon raqamga SMS-kod bormaydi, töğridan töğri parolni terib kirib ketaveradi.

Agar parolni unutgan bölsangiz, unda parolni tiklaş ham qila olmaysiz, çunki parolni tiklaşda eski telefon raqamingizga SMS-kod keladi. Bu degani parolni tiklaş imkonsiz böladi;

2) Kiriş qismida OneID orqali kiriş imkoni ham bor. Agar siz OneID profilingiz orqali kira olsangiz, unda my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetdan telefon raqamingizni yangilab olaverasiz;

3) Agar siz OneID uçun ham login-parolni eslay olmasangiz, unda OneID degan mobil ilovani AppStore yoki Google Marketʼdan yuklab olib, MyID orqali şaxsiy kabinetingizga kira olasiz. Bunda FaceID texnologiyasi orqali yuzingizdan foydalanib OneID tizimiga kirasiz. Şunda telefon raqam şart bölmaydi. OneID profilingizga kirganingizdan söng, "Aloqa maʼlumotlari" bölimida sizning nomingizdagi barça telefon raqamlar çiqib turadi va ular orasidan hozir işlatayotgan raqamingizni tanlaysiz.

Ana şundan keyin OneID parolingizni yangilab olişingiz va yuqoridagi 2-usulda aytilgan yöl orqali my.uzbmb.uz saytiga kirişingiz mumkin;

4) Agar yuqoridagi 3-usul ham sizga murakkab tuyilsa, unda Davlat xizmatlari markaziga borib, mutaxassislardan maslahat olişingiz va OneID ga kiriş imkoningizni osongina tiklaşingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek