Qolgan işga qor yoğar

Foto24-iyun, 2024, 11:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qolgan işga qor yoğar
#abituriyent

Hurmatli abituriyentlar, ertaga — 25-iyun kuni qabul jarayonlari yakunlanadi. Yaʼni qabul tugaşiga 1 kun qoldi xolos.

Tarki odat amri mahol, deganlaridek, bizda azaldan qolib ketgan anʼanaga köra, köpçilik röyxatdan ötişni oxirgi kunga taqaydi. Natijada sayt va serverga yuklama köpayib, uzilişlar yuz beradi.

Mana, bugun my.uzbmb.uz saytida qisqa texnik nosozlik kuzatildi (hozir sayt işlayapti).

Avvallari oxirgi kunga taqaşni tuşunsa bölardi, çunki qaysi OTM va qaysi yönalişga neçta odam hujjat topşirganiga qarab, sal odam kamroğiga borilardi.

Ammo ançadan buyon hujjat topşirganlar soni körsatilmay qöydi, joriy yilda esa umuman OTM va yönaliş tanlaş bekor böldi, hozir faqat fan tanlanyapti xolos.

Bunaqa şaroitda oxirgi kunlarga taqaşdan nima naf, hayronman?

Ertaga soat 23:59 bölişini kutib ötirmasdan, imkonini topib, bugundan harakat qilinglar. Oxirgi daqiqalarda sayt işlamay qolsa, keyin oh-voh qilib, DTMni sökib yurgandan foyda yöq.

“Ninaçi va çumoli” masalidagi ninaçi bölişingiz şart emas-ku, baraka topgurlar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek