Sport

Afsuski Nodirbek mağlub böldi

Matn29-yanvar, 2023, 21:191 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzNodirbek Abdusattorovning Tata Steel Chess Masters turniridagi imkoniyatlari: ğalaba uni çempionga aylantiradi.

Afsuski Nodirbek mağlub böldi. Aniş Giri Tata Steel Chess-2023 turniri Masters guruhi çempioni böldi.

Xöş, hissiyotlar 2 xil:

1) Turnirning boşidan toki oxirgi turigaça yetakçi bölib, eng oxirida çempionlikni qöldan bergani albatta biroz alamli böldi;

2) Ammo xursand qiladigan tomoni, Nodirbek uşbu turnirning asosiy qahramoni böldi. Butun dunyodagi şaxmat olami yangi şaxmat qiroli yetişib kelayotganini körib, eʼtirof etdi. Magnus Karlsenni taslim qildi. Eng qimmatli reyting oçkolarini qölga kiritdi. Dunyoning TOP-20 şaxmatçisi tarkibiga kirdi.

Umuman olganda Nodirbek uşbu turnirdan söng dunyoning elita şaxmatçilar qatlamiga kirgani tan olindi.

Soliştirsak, xafagarçilikdan köra, xursandçilik köproq.

Oxirgi turdagi mağlubiyat esa köproq yoşga doir psixologiya bilan boğliq, menimça. Bu xatolar, bu alamlar esa tajriba uçun juda kerak.

Xullas, Nodirbek, barakalla! Ota-onangga, ustozlaringga ming rahmat! Töxtama, gaziga bos! Jahon tojini kiyganingni köriş nasib qilsin, ilohim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek