Niderlandiyadagi «Tata Steel Chess-2024» turnirida Nodirbek Abdusattorov iştirok etyapti
♟️Niderlandiyada bölib ötayotgan “Tata Steel Chess-2024” nufuzli klassik şaxmat turnirida hamyurtimiz 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov iştirok etyapti.
Nodirbek “Masters” guruhida 7-turdan keyin 4,5 oçko bilan peşqadam bölib turibdi. 🇳🇱Aniş Giri hamda 🇮🇳Gukeş hisobida ham şunça oçko bor, lekin qöşimça körsatkiçlar Nodirbekda yaxşiroq.
Keça Nodirbek Abdusattorov mezbon va peşqadam Aniş Giri ustidan juda çiroyli ğalabaga erişdi. Yodingizda bölsa, ötgan yili xuddi şu turnirda uzoq muddat Nodirbek peşqadamlik qilib, lekin oxirgi turdagi mağlubiyat sababli çempionlikni Aniş Giri ilib ketgan edi. Keça şuning alamini olgandek böldi (lekin jurnalistning qasos oliş haqidagi savoliga, bunaqa fikr xayolida bölmaganini aytdi).
Keçagi ğalabadan söng, Nodirbek onlayn jadvalda 2739 reyting oçkosi bilan dunyoda 15-öringa kötarilib oldi. Bu öz tarixidagi hozirça eng yaxşi natija. Işonamizki, hali yana kötarilişda davom etadi.
Nodirbek bugun 8-turda 🇷🇺Yan Nepomnyaşiy bilan öynaydi. Hamyurtimizga çin dildan omad tilaymiz!
Turnirda 14 nafar şaxmatçi qatnaşyapti va jami 13 turdan iborat. Yaʼni barça şaxmatçilar bir-biri bilan öynab çiqadi.
👉 @xushnudbek 👈
