Aholi uçun elektr narxi ham oşadimi?
Aholi uçun elektr narxi ham oşadimi?
Bu savolga energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov javob berdi, deya xabar bermoqda ÖzA.
“Hozir eʼlon qilingan loyihada faqat yuridik şaxslar uçun yangi tariflar belgilanişi nazarda tutilgan, lekin aholi uçun narxlar özgartirilmayapti.
Aholi uçun tabaqalaştirilgan tariflarni belgilaşdan oldin biz eng avvalo uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berişni taʼminlaşimiz kerak. Yaʼni narx oşsayu, lekin yana elektrda uziliş bölaversa, aholining haqli eʼtirozlariga sabab böladi. Şu sababli biz hozirda generatsiyalarni oşiriş, tarmoqlarni modernizatsiya qiliş işlarini jadallaştiryapmiz.
Agar uzluksiz elektr yetkazib berişni taʼminlay olsakgina, aholi uçun elektr energiyasida tabaqalaştirilgan tariflarni 2024-yilning 1-mayidan joriy qiliş böyiça loyihani Hukumatga kiritişni rejalaştiryapmiz. Lekin bu aynan şu kundan narx oşadi, degani emas, hozirça barçasi loyiha xolos.
Tabaqalaştirilgan tarif deganda belgilangan “ijtimoiy norma”dan köp elektr isteʼmol qilayotgan, aytaylik uyida basseyni, saunasi, köplab maişiy texnikalari bor xonadonlar, yaʼni nisbiy olganda boy va öziga töq xonadonlar uçun narx oşadi, degani. Hozir aholining 15 foizi oyiga 300 kW•soatdan ortiq elektr energiyasini isteʼmol qiladi. 75 foiz aholining isteʼmoli esa 200 kW•soatdan oşmaydi”, — dedi energetika vaziri.
👉 @xushnudbek 👈

