Amerika-Özbekiston işbilarmonlik kengaşiga Serjio Gor hamda Saida Mirziyoyeva hamraislik qiladi
❗️Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşiga Serjio Gor hamda Saida Mirziyoyeva hamraislik qiladi
AQŞning Toşkentdagi elçixonasining maʼlum qilişiça, yangi taşkil etilgan Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşining hamraisi sifatida AQŞ tomonidan Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça Maxsus vakili, Elçi Serjio Gor hamraislik qiladi.
Avvalroq Özbekiston tomonidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamrais bölişi eʼlon qilingan edi.
“Kengaş AQŞ va Özbekistonning investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytiriş, AQŞ texnologiyalari va isteʼdodlari uçun yuqori rivojlanayotgan sohalarni, ayniqsa IT va raqamli innovatsiyalarni yölga qöyiş; va AQŞ eksportçilari uçun teng raqobat muhitini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratadi”, — deyiladi AQŞ elçixonasi xabarida.
Şavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda uşbu Kengaşga körib çiqiş uçun kiritiladigan quyidagi masalalarni işlab çiqiş ustuvor hisoblanişi belgilangan edi:
(a) strategik biznes taşabbuslar,
yirik investitsiya va savdo loyihalari işlab çiqilişi va kelişilişini
muvofiqlaştiriş, şuningdek, ular amalga oşirilişini doimiy monitoring qiliş;
(b) Özbekistonga qöşimça investitsiyalarni jalb etiş uçun
maxsus investitsiya fondini yaratiş,
yirik investorlar sifatida Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC)ni va Özbekiston tomonidan ham investorlarni belgilaş, şuningdek,
muhim infratuzilmaviy va strategik loyihalarni moliyalaştiriş
va xatarlarni taqsimlaş uçun yirik moliya institutlarini (YTTB, XMK, OTB) jalb qiliş;
(v)
tarif stavkalarini özaro pasaytiriş
masalalari böyiça muzokaralarni davom ettiriş;
(g) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) rezidentlari bölgan kompaniyalar
mahsulotlari va xizmatlarini tizimli ravişda ilgari suriş;
(d) mamlakatning investitsiya portfelini, şu jumladan, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki
valyuta zaxirasining bir qismini va boşqa aktivlarini diversifikatsiyalaş
böyiça takliflar kiritiş.
👉 @xushnudbek 👈


