Muhim

1-dekabrdan boşlab AI-80 benzini sotuvi töxtatiladi

Matn22-noyabr, 2025, 17:581 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPrezident farmoni bilan issiqlik va elektr energiyasi işlab çiqariş korxonalarida mazutdan foydalaniş ham töliq taqiqlanmoqda.

❗️1-dekabrdan boşlab AI-80 benzini sotuvi töxtatiladi

Prezidentning 18-noyabrdagi qaroriga binoan, aholini sifatli va ekologik toza yoqilği bilan taʼminlagan holda AI-80 benzinini AYQŞlarda sotişni oldini oliş böyiça qatʼiy nazorat örnatiladi.

Şuningdek, uşbu qaror asosida, yana bir qator çoralar belgilanmoqda:

➖respublikada 18 ta dendrologiya va 15 ta botanika boğlarini taşkil etişni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi;

➖quriliş uçun ajratilgan obyektlarda quriliş boşlanişidan oldin quruvçi taşkilotlar tomonidan fon monitoring stansiyalari va onlayn kameralar örnatiladi;

➖Toşkent şahar örmon xöjaligini taşkil etiladi;

➖poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlaş böyiça takliflar işlab çiqiladi;

➖Tiğiz vaqtlarda şaharda yuk maşinalari harakati çeklanadi;

➖Binolarni loyihalaşda şamol yönalişi va tezligini inobatga oliş talabi qöyiladi;

➖Daraxt va butalarni sanitariya maqsadida kesiş yoki kesmaslik haqidagi qarorlar kollegial ovoz beriş orqali qabul qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek