Amir Temur nomi ADOLATSIZLIK timsoli bölişda davom etaveradi
Amir Temur nomi ADOLATSIZLIK timsoli bölişda davom etaveradi
#abituriyent
Ötgan yili Temurbeklar maktabiga beriladigan adolatsiz imtiyozdan norozi bölib, rosa köp çiqişlar qilingandi. 189 ball olsa ham kontraktga tuşib qolgan abituriyentlar misolida bu tizim notöğri ekanligi köp bora taʼkidlangandi.
Oradan bir yil ötdi. Yana öşa eski tos, eski hammom. Joriy yilda ham osmondan qöşimça ballga ega çiqqan Temurbeklar maktabi bitiruvçilari boşqa bilimli yoşlarning oyoğiga tuşov bölişda davom etadi.
Şu davlatning oddiy maktabida öqigan 800 ming öquvçi eng maksimal ball olsa ham, yaʼni bironta xato qilmasdan savollarning barçasiga töğri javob bersa ham, lekin Temurbeklar maktabini bitirgan öquvçilardan pastda turaveradi. Çunki bu yoşlarning aybi, oddiy maktabda öqiganida. Beçoralar...
Baraka topgurlar, xöp, Temurbeklar maktabi bitiruvçilariga imtiyoz bermoqçi ekansizlar, mayli, beringlar. 40 ta imtiyoz orasida şular ham imtiyoz olsa, ota goʼri qozixona emas. Imtiyozistonga aylangan davlatda bunga çidasa böladi.
Ammo mana şu imtiyozni sal aql bilan, ozzzgina ijtimoiy adolatga qarab beringlar. Xohlasangiz, Temurbeklar maktabi bitiruvçilari uçun alohida qöşimça kvota joriy qilinglar, ğing degan nomard. Yoki xohlasangiz, xuddi Prezident maktabiga öxşab Temurbeklar maktabini bitirgan 100% hamma öquvçini kvotadan taşqari imtihonsiz öqişga qabul qilinglar, bunisiga ham roziman hattoki.
Lekin iltimos, havodan ball qöşib beradigan imtiyozni yöqotinglar. Nahotki bu notöğriligini tuşuniş şunçalar qiyin bölsa?
👉 @xushnudbek 👈



